Xitoyning Chansha shahrida Buxoro–Xunan biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
May 20, 2026. 11:25 • 2 daq
• 182CHANSHA, 20-may. /“Dunyo” AA/. Buxoro viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida “Buxoro–Xunan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligi” mavzusida biznes-forum o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi, Buxoro viloyati hokimligi va Xunan Xalqaro savdoni rag‘batlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Xunan provinsiyasi mintaqaning qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi 200 ga yaqin yetakchi kompaniya vakillari qatnashdi.
Ishtirokchilar eʼtiboriga Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda uning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.
Xitoy tomoni Buxoro viloyatining investitsiyaviy salohiyatini va hududda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlarni eʼtirof etib, hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
G2B va B2B formatidagi muzokaralarda Buxoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Forum yakunidaXunan provinsiyasining yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Buxoro viloyatiga tashrifini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi








