Logo

Navoiy viloyati va Xitoyning Futszyan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Mart 20, 2026. 14:19 • 2 daq

153
Navoiy viloyati va Xitoyning Futszyan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

GUANCHJOU, 20-mart. /“Dunyo” AA/. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan tashrif davomida Futszyan provinsiyasi gubernatori Chjao Lun bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va turizm yo‘nalishlaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Nanan shahri meri Van Lyanszyan ishtirokida keng qamrovli biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida o‘zaro tashriflarni faollashtirish, Navoiy viloyati uchun aniq investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish hamda milliy mahsulotlarni Xitoy bozorida keng targ‘ib qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Futszyan provinsiyasidagi mashhur “Shitao” tog‘-kon sanoati mahsulotlari markazida “Navoiy viloyati ko‘rgazma-savdo maydoni” tashkil etildi. Bu maydon Navoiyning tabiiy tosh va tog‘-kon mahsulotlarini Xitoyning yirik sanoat markazlariga yetkazib berishda muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish