O‘zbekiston va Rossiya hududlararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda
Mart 21, 2026. 11:10 • 2 daq
• 190
MOSKVA, 21-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Tula va Voronej viloyatlarida ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Voronej va Tula viloyatlarining “Mening biznesim” maydonlarida tashkil etilgan tadbirlar doirasida Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari va rasmiylar ishtirokida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Elchi Botirjon Asadov o‘z nutqida O‘zbekistonda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda to‘rtta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ularda Rossiya kompaniyalari va investorlari keng vakillik qiladi, bu esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro savdoni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
Uchrashuvlarda Tula viloyati rahbariyati vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston mintaqaviy biznesni rivojlantirish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xususan, 2025-yil yakunida o‘zaro tovar aylanmasi barqaror o‘sishi 31,2 foizga oshib, 41,2 million dollarni tashkil qilgani aytib o‘tildi.
Voronej viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda ham mamlakatimiz bilan mintaqalarlararo hamkorlik bir necha yildan buyon faol rivojlanayotgani qayd etildi. Viloyatidan asosan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi xomashyosi, mashinasozlik va kimyo sanoati mahsulotlari eksport qilinadi.
Uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati taqdim etildi va mintaqalarlararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xorijiy tadbirkorlarga Yangi O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Tadbirlar yakunlari bo‘yicha Rossiya vakillari O‘zbekistonning mintaqalari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi