Logo

Varshavada “O‘zbekiston – kecha va bugun” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi

Fevral 16, 2026. 12:08 • 57 soniya

121
Varshavada “O‘zbekiston – kecha va bugun” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi
Varshavada “O‘zbekiston – kecha va bugun” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi
Varshavada “O‘zbekiston – kecha va bugun” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi
Varshavada “O‘zbekiston – kecha va bugun” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi

VARSHAVA, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Polsha poytaxtida elchixona tomonidan “O‘zbekiston – kecha va bugun” nomli tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Varshavadagi Madaniyatni targ‘ib qilish markazida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda shahar maʼmuriyati, mahalliy madaniy-gumanitar muassasalar vakillari, amaliy sanʼat ustalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy obidalar, ularning jahon madaniy merosidagi o‘rni, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ekoturizm tashabbuslari, ekologik islohotlar hamda zamonaviy turistik loyihalar haqida keng qamrovli maʼlumotlarni qamrab olgan taqdimot taqdim etildi.

Muloqot jarayonida o‘zbek xalqining madaniy anʼanalari va turizm imkoniyatlarini yorituvchi ko‘rgazma burchagi tashkil etildi. Mehmonlarga milliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari, anʼanaviy naqqoshlik va ipakchilik mahsulotlari, o‘zbek xalqi urf-odatlarini aks ettirgan fotosuratlar namoyish etildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston tarixi, madaniyati va turizm sohasidagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot materiallari – bukletlar, flayerlar va maxsus nashrlar tarqatildi.

Tadbir mamlakatimizning madaniy merosini xorijda targ‘ib qilish, turistik salohiyatini keng namoyish qilish va O‘zbekiston–Polsha o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari – somsa, osh va turli shirinliklar tortiq etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish