Logo

O‘zbekistonning turistik salohiyati Xitoyning Shenchjen shahrida namoyish etildi

Aprel 07, 2026. 08:10 • 2 daq

315

SHENCHJEN, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Guandun provinsiyasidagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikda Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro madaniyat kuni” festivali doirasida milliy stend tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Germaniya, Gruziya, Braziliya, Yaponiya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand va Meksika kabi 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi va turistik salohiyati taqdim etildi. Xususan, milliy uslubda bezatilgan, xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼat buyumlari, milliy shirinliklar, turli xil quritilgan mevalar hamda anʼanaviy taomlar bilan to‘ldirilgan “O‘zbekiston” stendi festivalning eng qiziqarli qismiga aylandi.

Bundan tashqari, vatandoshlarimiz tomonidan ijro etilgan o‘zbek milliy raqsi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi va xalqimizning betakror sanʼatiga bo‘lgan eʼtiborning yana-da ortishiga xizmat qildi. Ushbu madaniy ishtirok O‘zbekistonning Xitoydagi ijobiy imijini mustahkamlash va sayyohlar oqimini jalb qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish