“Daily News Hungary”: O‘zbekistonda 2025-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish 3 milliard kub metr suvni tejash imkonini berdi
Avgust 25, 2026. 14:00 • 2 daq
• 118
BUDAPESHT, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning “Daily News Hungary” internet nashrida “ShHT va suv diplomatiyasi: umumiy manfaatlar sari” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv diplomatiyasini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Muallifning taʼkidlashicha, shu yil aprel oyida Bishkekda ShHTga aʼzo davlatlar vakillari iqlim o‘zgarishi, muzliklarni asrash va suv resurslarini boshqarish masalalarini muhokama qilingan. Shuningdek, avgust oyida Turkiston shahrida Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Surxondaryo va Amudaryo havzalaridagi suv omborlarining ishlash tartibini ko‘rib chiqqan.
O‘zbekistonning suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasidagi tajribasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, 2025-yilda mazkur texnologiyalar hisobiga 3 milliard kub metr suv tejalgani, 2026-yil yakuniga qadar ularni 3,1 million gektar maydonda joriy etish va 5 milliard kub metr suvni tejash rejalashtirilayotgani maʼlum qilingan.
Shu bilan birga, materialda mamlakatda suv xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, suv omborlarida suv sathi va hajmini masofadan nazorat qilish imkonini beruvchi 44 ta datchik o‘rnatilgani haqida maʼlumot berilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi