“Imroze Pakistan”: Rasmiy Toshkent va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan mintaqalararo hamkorlik modeli
Mart 07, 2026. 10:00 • 2 daq
• 131
ISLOMOBOD, 7-mart. /“Dunyo” AA/. Pokistonning ommabop «Imroze Pakistan» elektron nashrida O‘zbekiston va Pokiston munosabatlariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muallif, O‘zbekiston Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi eksperti Behzod Alimjonov ushbu maqolasida O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi tarixiy rishtalari haqida fikr yuritib, Pokiston O‘zbekiston mustaqilligini birinchilar qatorida tan olganini va iliq kutib olganini taʼkidlagan.
U, shuningdek, geografik masofaga qaramay, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida asrlar davomidagi tarixiy bog‘liqlik natijasida shakllangan «maʼnaviy yaqinlik» tuyg‘usini alohida urg‘ulagan.
«O‘zbekiston va Pokiston tarixiy aloqalarini izchil mustahkamlamoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi, bu esa turli sohalardagi o‘sib borayotgan hamkorlikda aks etmoqda», – deyilgan materiallarda.
Nashrda, taʼkidlanishicha, xalqaro ekspertlar so‘nggi paytlarda erishilgan yutuqlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Shahboz Sharifning siyosiy irodasi bilan bog‘laydi. Ularning doimiy muloqoti ishonch va institutsional muvofiqlashtirishni mustahkamladi.
Qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yillikda ikkala mamlakat ham savdo, mudofaa, xavfsizlik, madaniy almashinuv va ko‘p tomonlama muvofiqlashtirish sohalarida yuksak natijalarga erishdi.
Muallif taʼkidiga ko‘ra, global geosiyosiy dinamika o‘zgarib borayotgan bir paytda, rasmiy Toshkent va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar tobora ko‘proq Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan mintaqalararo hamkorlik modeli sifatida qaralmoqda.
Behzod Alimjonov yozganidek, siyosiy ishonchning ortib borishi va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yangi bosqichiga mustahkam poydevor bo‘lmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi