Rossiya OAV Saida Mirziyoyevaning BMTdagi nutqini keng yoritdi

Sentabr 25, 2026. 20:00 • 2 daq

• 272
Rossiya OAV Saida Mirziyoyevaning BMTdagi nutqini keng yoritdi
Rossiya OAV Saida Mirziyoyevaning BMTdagi nutqini keng yoritdi
Rossiya OAV Saida Mirziyoyevaning BMTdagi nutqini keng yoritdi

MOSKVA, 25-sentabr. /»Dunyo» AA/. Rossiya OAV O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida so‘zlagan nutqini keng yoritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xususan, «TASS», «RIA Novosti», «Yandeks.Novosti», «Dzen», «Rossiyskoy gazeti», «Lenta.ru» va boshqa nufuzli axborot resurslarida Saida Mirziyoyevaning nutqi O‘zbekistonning ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va pragmatik muloqotga asoslangan uzoq muddatli tashqi siyosat strategiyasi sifatida taqdim etildi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari asosiy e’tiborni geosiyosiy tashabbuslar, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va xalqaro institutlarni isloh qilishga qaratdi. Xususan, BMT samaradorligini oshirish, Xavfsizlik Kengashini kengaytirish va qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi to‘g‘risidagi bayonotlardan iqtiboslar keltirilmoqda.

Orol dengizi halokatining ekologik oqibatlari va sun’iy intellektni rivojlantirish bilan bog‘liq xalqaro xatarlar alohida yoritildi. Rossiya matbuoti O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ham alohida to‘xtalib, Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jumladan, chegara nizolaridan hamkorlikni rivojlantirishga o‘tilayotganini qayd etgan.

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasiga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, nashrlarda mamlakatni faqat tahdid manbai sifatida qabul qilmaslik, balki aholisining tinch hayotga qaytishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish chaqirig‘idan iqtiboslar keltirilgan.

Bundan tashqari, Rossiya medialari O‘zbekiston 2035–2036-yillarga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgani haqida xabarlar berdi.

Saida Mirziyoyevaning Nyu-Yorkdagi diplomatik faoliyatining yoritilishi Bosh Assambleyadagi nutq doirasidan tashqariga chiqdi. OAV uning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi, Amerika biznesi va texnologiya kompaniyalari, jumladan, «Google» va «DFC» vakillari bilan muzokaralari haqida ham turli xabarlar tarqatdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish