Turkiya va Andijon oliy ta’lim muassasalari akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Noyabr 18, 2026. 16:00 • 2 daq

• 141
Turkiya va Andijon oliy ta’lim muassasalari akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi

ANQARA, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Erjiyes universiteti (ERÜ) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida akademik aloqalar va talabalar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik hujjati imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Habertürk” nashrining ma’lum qilishicha, hujjatni imzolash marosimi Kayseri shahridagi Erjiyes universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda ERÜ rektori, professor Quddusi Erkilich va Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov ishtirok etdi.

Quddusi Erkilich erishilgan kelishuv har ikki oliy o‘quv yurti uchun foydali va samarali bo‘lishini ta’kidladi. Madamin Madazimov imzolangan bayonnomadan mamnunligini bildirib, hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ijobiy baholadi.

Ta’kidlanishicha, tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish o‘zaro ilmiy va akademik salohiyatni birlashtirish, o‘quv jarayonida o‘zaro tajribadan foydalanish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga zamin yaratadi.

Imzolangan bayonnoma ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni institutsional jihatdan mustahkamlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish