Logo

25–27-mart kunlari Toshkentda “AgroWorld Uzbekistan” parrandachilik uskunalari va texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Fevral 25, 2026. 15:20 • 52 soniya

12
25–27-mart kunlari Toshkentda “AgroWorld Uzbekistan” parrandachilik uskunalari va texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Shu yil 25–27-mart kunlari poytaxtimizda “AgroWorld Uzbekistan” parrandachilik uchun uskuna va texnologiyalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur ko‘rgazmada parrandachilik bo‘yicha yangi uskunalar, oziqlantirish texnologiyalari, inkubatsiya tizimlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun mahsulotlar, kesish va qayta ishlash jihozlari namoyish etiladi.

Tadbir davomida 64 ta kompaniya ishtirok etishi rejalashtirilgan. Xususan:

“Agrovo Handelsges” – tuxumni saqlashning kompleks logistika tizimi, tuxumni yig‘ish, tortish, sifati bo‘yicha saralash va qadoqlash mashinalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

“Emka Incubators” – parrandachilik uchun inkubatorlar va inkubatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.

“Petersime” – inkubatorlar va inkubator uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya.

“Yetti Hazina” hamda parrandachilikka ixtisoslashgan boshqa yetakchi kompaniyalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

· O‘tkazish sanasi: 2026-yil 25–27-mart.

· O‘tkazish joyi: “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent shahri.

Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi va bepul elektron hujjat olishi mumkin:

https://bit.ly/AWU_uz_

Batafsil maʼlumot:

+998 71 205 14 14,

+998 93 180 03 11.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish