Akmal Nur: Elchixonalarimiz orqali dunyo O‘zbekiston madaniyati haqida bilmoqda
Fevral 27, 2026. 18:00 • 39 soniya
• 107TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Ertaknamo Buxoro” kartinasini Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi muzeyiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi mazkur kartina taniqli o‘zbek rassomi Mirvohid Mirsaidov tashabbusi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan.
Marosimda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur boshchiligidagi Badiiy akademiya rahbariyati, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi masʼul xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Bunday tadbirlarni avval ham o‘tkazganmiz. Bu kabi loyihalar orqali Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonalari bilan hamkorligimiz tobora rivojlanib bormoqda. Aynan elchixonalarimiz orqali butun dunyo O‘zbekiston madaniyati haqida xabardor bo‘lmoqda”, - deydi Badiiy akademiya raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



