Logo

Baxtiyor Saidov: Britaniya bilan strategik sheriklikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ochishda davom etamiz

Fevral 27, 2026. 14:25 • 56 soniya

28

TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“London shahrida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va britaniyalik yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida qatnashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Tadbir moliya, sanoat, infratuzilma va sog‘liqni saqlash kabi strategik sohalarda faoliyat yurituvchi “Rio Tinto”, “Rolls-Royce”, “International Hospitals Group”, “Intertek” kabi yetakchi kompaniya vakillarini bir joyga jamladi.

Qabul doirasida Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Devid Lemmi bilan ham uchrashdik. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv Britaniya xususiy sektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlash, O‘zbekistondagi izchil islohotlar samarasini namoyon etish hamda o‘zaro savdo va investitsiyaviy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar tuzish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.

Biz Buyuk Britaniya bilan strategik sheriklikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ochishda davom etamiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish