Logo

AQShda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish qilindi

Fevral 02, 2026. 18:03 • 51 soniya

17
AQShda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish qilindi
AQShda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish qilindi
AQShda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish qilindi

VASHINGTON, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning AQShdagi elchixonasida O‘zbekiston madaniyati va turizmi sohasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda rasmiy doiralar vakillari, diplomatik korpus aʼzolari, AQShdagi madaniyat va turizm sohasi tashkilotlari rahbarlari, sanʼat va madaniyat namoyandalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning madaniy merosi, milliy sanʼati va turizm salohiyatini AQSh jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalasida so‘z yuritildi.

Tadbir doirasida mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi, sayyohlik yo‘nalishlari va zamonaviy infratuzilmasiga bag‘ishlangan video materiallar namoyish qilindi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari, AQSh fuqarolari uchun mamlakatimizga 30 kunlik vizasiz tizim joriy etilgani va milliy taomlari haqida tarqatma axborot materiallari taqdim etildi.

Uchrashuvning madaniy qismda Xalqlar do‘stligi ansambli tomonidan milliy sanʼat namunalari ijro etildi. Shu bilan birga, AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan raqs guruhi aʼzolari o‘zbek milliy raqslarini namoyish etdi.

Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortilib, ularni tayyorlash usullari va kelib chiqish tarixi haqida maʼlumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish