Logo

“IRJ”: O‘zbekiston Ispaniya kompaniyasi bilan 10 yillik shartnoma imzoladi

Fevral 02, 2026. 15:43 • 49 soniya

50
“IRJ”: O‘zbekiston Ispaniya kompaniyasi bilan 10 yillik shartnoma imzoladi

LONDON, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi bilan 10 yilga shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur kelishuv respublikadagi mavjud oltita “Talgo-250” rusumli tezyurar poyezdlar parkiga texnik xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

“International Railway Journal” nashrining yozishicha, shartnomaning umumiy qiymati qariyb 80 million yevroni tashkil etadi. O‘zbekistonda “Talgo-250” poyezdlari 1520 mm kenglikdagi temir yo‘l izlarida soatiga 230 kilometr tezlikda harakatlanmoqda.

Ushbu poyezdlarning texnik imkoniyatlari soatiga 275 kilometrgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi va ular “Talgo” kompaniyasining passiv qiyalik texnologiyasi bilan jihozlangan.

O‘zbekiston va “Talgo” o‘rtasidagi hamkorlik 2009-yilda boshlangan bo‘lib, dastlabki ikkita poyezd 2011-yilda foydalanishga topshirilgan edi. Keyinchalik, 2017 va 2021-yillarda ham yangi tarkiblar yetkazib berildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida barcha oltita “Talgo-250” poyezdi 11 ta vagondan iborat to‘liq tarkibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi imzolangan 10 yillik shartnoma tezyurar poyezdlarning xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini taʼminlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish