Logo

“Tata Steel Chess 2026” turnirida Nodirbek Abdusattorov chempion bo‘ldi, Javohir Sindarov 2-o‘rinni egalladi

Fevral 02, 2026. 11:11 • 51 soniya

14

TOSHKENT, 2-fevral. / “Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik grossmeysterlar nufuzli “Tata Steel Chess 2026” xalqaro shaxmat turnirida “Masters” guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritib, ajoyib natijaga erishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) maʼlumotiga ko‘ra, 16-yanvardan 1-fevralga qadar Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tgan 88-turnirda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov g‘olib bo‘ldi. Turnir sayyoramizning eng kuchli o‘yinchilari, yosh isteʼdodlar va ko‘plab intellektual o‘yin ishqibozlarini jamladi.

Birinchi o‘rin uchun kurash so‘nggi 13-turgacha davom etdi. Final bosqichi oldidan bir yo‘la besh nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston vakili yuqori mahorat va barqaror o‘yin namoyish etib, avvalgi uch urinishdan so‘ng birinchi marta turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonning yana bir vakili – yaqindagina jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylangan Javohir Sindarov egalladi. 13 tur yakunlariga ko‘ra, u 8,5 ochko (4 g‘alaba va 9 durang) to‘pladi va “Masters” turnirida mag‘lubiyatga uchramagan yagona ishtirokchiga aylandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish