Minskda Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi
Aprel 17, 2026. 10:40 • 2 daq
• 1MINSK, 17-aprel. /“Dunyo” AA/. Belorus davlat pedagogika universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda o‘zbek xalqining boy tarixiy va maʼnaviy merosi keng targ‘ib qilindi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, xususan, Amir Temur shaxsi va faoliyati jamoatchilikka yaqindan tanishtirildi.
Ishtirokchilarga Amir Temurning davlatchilik siyosati, harbiy sanʼati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Uchrashuv davomida o‘zbek madaniyati, adabiyoti va sanʼati namunalari ham namoyish etildi.
Tadbirda universitetning fizika-matematika, maktabgacha taʼlim hamda ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari, Minskdagi yetakchi OAV vakillari faol qatnashdi.
Madaniy uchrashuvda ishtirok etgan vatandoshlar va mehmonlar bunday maʼrifiy va madaniy uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



