Logo

BAAda sudlangan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan chiqarilgan hukm tafsilotlari maʼlum bo‘ldi

Yanvar 23, 2026. 21:08 • 30 soniya

40
BAAda sudlangan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan chiqarilgan hukm tafsilotlari maʼlum bo‘ldi

TOSHKENT, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning aprel oyida Dubaydagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ud hukmi eʼlon qilindi deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 6 nafar vatandoshimizga o‘lim hukmi berilgani haqida tarqalgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Sud hukmiga ko‘ra, 8 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, 1 nafar fuqaroga esa 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining maʼlumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonning tegishli idoralari va BAAdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish va vaziyatni huquqiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish