Logo

O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning “Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Fevral 06, 2026. 14:00 • 27 soniya

31
O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning “Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida bugun “Gohar Textile” kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, maishiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish