Logo

Rossiyaning Rostov viloyatida halok bo‘lgan yurtdoshimiz jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

Mart 04, 2026. 12:16 • 59 soniya

92
Rossiyaning Rostov viloyatida halok bo‘lgan yurtdoshimiz jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

ROSTOV-DON, 4-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga Rostov viloyati Bataysk shahrida yashovchi hamyurtimiz B.Yu. uyida yong‘in chiqishi oqibatida voyaga yetmagan nabirasi X.A. halok bo‘lgani va uni vatanga qaytarishda yordam so‘rab murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aniqlanishicha, murojaat qilgan hamyurtimiz Rostov viloyatidagi qurilish obyektlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida nabirasining barcha hujjatlari yonib ketgan. Natijada, nabirasining hujjatlarini rasmiylashtirish hamda jasadni yurtimizga qaytarishda Rossiya tomoni bilan muammo paydo bo‘lgan.

Bosh konsulxona mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Rossiyaning vakolatli tibbiyot birlashmalari bilan muzokara olib borib, voyaga yetmagan vatandoshimizning jasadini vatanga tezkorlik bilan qaytarish chora-tadbirlarini amalga oshirdi.

Murojaatchi yurtdoshimiz nomiga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi hisobidan vatandoshimizning jasadi “Uzbekistan Airways” kompaniyasining Krasnodar­­-Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish