Logo

O‘zbekistonga Buyuk Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligi moliyaviy resurslari jalb etiladi

Fevral 27, 2026. 11:09 • 35 soniya

55
O‘zbekistonga Buyuk Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligi moliyaviy resurslari jalb etiladi

TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi – UK Export Finance bosh ijrochi direktori Tim Rid bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) bosh ijrochi direktori janob Tim Rid bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda xususiy sektorning rolini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ustuvor infratuzilma loyihalarini amalga oshirish maqsadida UKEF moliyaviy resurslaridan foydalanish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzolandi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish