Logo

Buxorolik ishbilarmonlar o‘monlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Fevral 10, 2026. 09:34 • 42 soniya

84
Buxorolik ishbilarmonlar o‘monlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

MASKAT, 10-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasi tomonidan Buxoro shahridagi “Comfort Textile” MCHJ vakillarining O‘mon Sultonligiga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Maskatdagi “Khazaen” maxsus iqtisodiy shaharchaga borib, bu yerdagi ishbilarmonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda “Khazaen” maxsus erkin iqtisodiy zonasi, quruq port, omborxonalar, turar joy majmualari hamda tijorat obyektlarini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan logistika va sanoat markazi haqida batafsil maʼlumot berildi.

“Khazaen” jahon standartlariga javob beradigan infratuzilma, raqobatbardosh investitsion imtiyozlar, yer uchastkalarini ijaraga olish uchun manfaatli takliflar, “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish hamda investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini taklif etishi qayd etildi.

Shu bilan birga, iqtisodiy zonada tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etib, nafaqat O‘mon, balki barcha Ko‘rfaz va Afrika mamlakatlari bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish