Logo

Bag‘dod ko‘rgazmasida milliy mahsulotlar “Made in Uzbekistan” brendi ostida namoyish qilindi

Fevral 03, 2026. 09:29 • 2 daq

220

BAG‘DOD, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston biznes-delegatsiyasi Iroqqa tashrifi davomida “Baghdad International Fair” 49-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu yilgi ko‘rgazma “Kelajak iqtisodiyoti uchun yangi nigoh” shiori ostida o‘tkazildi. Bag‘dod ko‘rgazmasida O‘zbekiston ilk bor faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Tadbirda Iroq Savdo vaziri Asir al-G‘aririy, Iroq Ko‘rgazmalar va tijorat xizmatlari davlat kompaniyasi bosh direktori Mustafo al-Aniy, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim al-Bag‘dodiy nutq so‘zladi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligidagi rasmiy delegatsiya va Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligidagi tadbirkorlar faol ishtirok etdi.

Bag‘dod xalqaro ko‘rgazmasida 200 ga yaqin tadbirkor “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostidagi pavilyonda o‘z mahsulotlarini (oziq-ovqat va tekstil mahsulotlari, sanoat tovarlari, elektrotexnika, farmatsevtika va zargarlik sanoati, qurilish mollari va avtomobillar) namoyish etdi.

Ko‘rgazma doirasida “Iroq–O‘zbekiston” biznes-forumi, “B2B” (tadbirkorlar o‘rtasida) va “B2G” (tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida) shaklida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bag‘dod ko‘rgazmasida dunyoning 36 ta davlatidan kelgan kompaniyalar vakillari ishtirok etib, qurilish, texnologiya, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarning eng so‘nggi yutuqlarini namoyish etdi.

Iroqning yaqin hamkorlari bo‘lgan BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Iordaniya, Livan, Qatar, Ummon va Suriya kompaniyalari katta pavilyonlar bilan qatnashmoqda.

Hindiston va Fransiya ham o‘z milliy pavilyonlari bilan, Yaponiya va Italiya kompaniyalari esa o‘z texnologiyalari bilan, Jazoir va boshqa arab davlatlari esa iqtisodiy operatorlari bilan qatnashmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish