O‘zbekiston va Portugaliya TIV rahbarlari qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishni kelishib oldilar
Aprel 10, 2026. 16:41 • 2 daq
• 6
LISSABON, 9-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliya tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Portugaliya tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel janoblari bilan ochiq va samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Portugaliya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Agrosanoat, infratuzilma, “yashil” energetika, turizm, transport, madaniy-gumanitar va boshqa muhim sohalarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldik.
Shuningdek, Vazirliklarimiz o‘rtasida axborot almashinuvi va ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganishga qaratilgan Anglashuv memorandumini imzoladik.
Mazkur hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, institutsional muloqotni chuqurlashtirish hamda samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi