Logo

DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi

Aprel 08, 2026. 11:20 • 52 soniya

100
DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi

VASHINGTON, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 7 aprel kuni Vashingtonda AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida yirik loyihalar portfelini muhokama qildik. DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Shuningdek, joriy yilda qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish