Logo

“Karavan Info” AA: O‘zbekistonda yangi zamonaviy-innovatsion shahar barpo etilmoqda

Fevral 13, 2026. 10:19 • 2 daq

436
“Karavan Info” AA: O‘zbekistonda yangi zamonaviy-innovatsion shahar barpo etilmoqda

MOSKVA, 15-fevral. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Karavan info” axborot agentligida O‘zbekistonda barpo etilayotgan zamonaviy-innovatsion shahar – Yangi Toshkent haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, mazkur ulkan loyihani amalga oshirish taxminan 10–20 yil davom etadi. Bu vaqt davomida shahar investitsiyalar va malakali kadrlarni jalb qilish uchun faol raqobatlashadi, eng ilg‘or g‘oyalar va texnologiyalarni jalb qilish markaziga aylanishga intiladi.

Taʼkidlanishicha, 2026-yil avgust oyida ochilishi rejalashtirilgan 232 metr balandlikdagi favvora asosiy meʼmoriy dominant va jahon rekordchisi bo‘ladi.

Dastlabki mijozlar 2026-yil dekabr oyida ko‘p qavatli turar-joy majmualariga ko‘chib o‘tishi mumkin. Yangi kvartiralarni birinchi navbatda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolar, maʼmuriy binolarini yangi shaharga ko‘chiradigan davlat xizmatchilari oladi.

Yangi Toshkent infratuzilmasi ilg‘or yechimlarga asoslanadi: tramvay qatnovi va haydovchisiz transportni joriy etish rejalashtirilgan. “15 daqiqalik shahar” tamoyili aholining asosiy ijtimoiy va maishiy obyektlarga piyoda yetib borishini chorak soatda taʼminlaydi.

Mutaxassislarning fikricha, Yangi Toshkent texnologik taraqqiyot ramziga aylanishi, qulay shahar muhitini yaratishi, transport va ijtimoiy sohalarda innovatsiyalarni joriy etishi kerak.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish