O‘zbekiston va Hindiston sanoat vazirlari Toshkent shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar

Iyun 07, 2026. 13:07 • 2 daq

30
O‘zbekiston va Hindiston sanoat vazirlari Toshkent shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sanoat vazirlari IV yig‘ilishi doirasida Hindiston og‘ir sanoat vaziri Hardanahalli Devegouda Kumarasvami bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar geologiya, tog‘-kon sanoati, muhim minerallarni qazib olish, ko‘mirni gazlashtirish, atom energetikasi va sanoat kooperatsiyasi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Asosiy e’tibor Hindistonning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va metallarni qayta ishlashga jalb etishga qaratildi.

Shuningdek, joriy yil 18-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston - Hindiston Hukumatlararo komissiyasining 14-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish