O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
Fevral 05, 2026. 13:04 • 42 soniya
• 35
TOSHKENT, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan keng qamrovli va mazmunli muloqot o‘tkazganimizdan mamnunmiz. Unda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
– deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida.
Yaqinda tashkil etilgan Tinchlik kengashi mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bag‘ishlayotganini alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, umumiy chaqiriqlarni hal etish, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni ilgari surish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan mushtarak intilishimizni yana bir bor tasdiqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
