Logo

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Pokistonga jo‘nab ketdi

Fevral 05, 2026. 13:14 • 29 soniya

11
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Pokistonga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan bugun, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston – Pokiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish