Logo

Oʻzbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi Elchixonasi Kuvayt hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaati

Mart 02, 2026. 12:59 • 2 daq

5
Oʻzbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi Elchixonasi Kuvayt hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaati

Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan xavfsizlik vaziyatining murakkablashuvi hamda ayrim davlatlar tomonidan profilaktik va ehtiyot choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Kuvayt Davlatida ham tegishli xavfsizlik choralari amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda vaziyat Kuvaytning vakolatli organlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinmoqda.

Kuvayt hududida konsullik roʻyxatidan 224 nafar fuqaro oʻtgan boʻlib, ular bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan va vaziyat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ehtimoliy cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, Elchixona quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:

- rasmiy davlat idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan berilayotgan axborotni muntazam kuzatib borish;

- zarurat boʻlmagan hollarda odamlar gavjum joylar va ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik;

- harbiy va strategik ahamiyatga ega obyektlar yaqiniga bormaslik;

- mahalliy qonunchilik va xavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilish;

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo oʻzingiz bilan olib yurish.

Elchixona vatandoshlarimizni xotirjamlik va vazminlikni saqlashga, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikka hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi. Notoʻgʻri yoki tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatishdan tiyilish qatʼiy tavsiya etiladi.

Favqulodda holatlar yoki konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Kuvaytdagi Elchixonasiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilish mumkin:

Ishonch telefoni: +96525396515

Konsul Islomxon Toirov, tel.: +96599427517

Elchixona vaziyat rivojini doimiy monitoring qilib bormoqda va zarurat tugʻilgan taqdirda qoʻshimcha maʼlumot taqdim etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish