Bugundan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonlik ziyoratchilarni vatanga olib kelishni boshlaydi
Mart 02, 2026. 10:26 • 28 soniya
• 33
TOSHKENT, 2-mart. / “Dunyo” AA/. Bugundan boshlab Umra dasturi bo‘yicha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Aviakompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatimizdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, “Uzbekistan Airways”ning Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
