Qozog‘istonning Atirau shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Fevral 28, 2026. 11:31 • 32 soniya
• 46
ATIRAU, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning Atirau shahrida doimiy va vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sayyor qabul doirasida Oqtov shahriga kelish imkoni yo‘q fuqarolarga yangi O‘zbekiston pasportlari topshirildi va mahalliy qonunchilik talablari tushuntirildi.
Atirau shahrida ishlash maqsadida bo‘lib turgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi va ularning ish joyidagi sharoitlari bilan tanishildi. Konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish berildi.
Atirau shahrida joylashgan vaqtincha saqlash qabulxonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va Qozog‘istonda bo‘lib turish qoidalarini buzganlikda ushlangan O‘zbekiston fuqarolari holati o‘rganildi. Ularga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirish va vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
