O‘zbekiston elchisi Vengriya TIV davlat kotibi bilan muzokara o‘tkazdi

Iyun 24, 2026. 10:07 • 57 soniya

32
O‘zbekiston elchisi Vengriya TIV davlat kotibi bilan muzokara o‘tkazdi

BUDAPESHT, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi davlat kotibi Klara Broyer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda taʼlim sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni izchil davom ettirish, vazirlik va idoralararo aloqalarni kengaytirish, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot yakunida tomonlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish