Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish masalasi muhokama qilindi
Dekabr 31, 2025. 08:15 • 1 daq
• 738
DAMASHQ, 4-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va mamlakatimizning Kuvaytdagi Elchisi Ayubxon Yunusovning Damashqqa tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Suriya Savdo palatalari federatsiyasi va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, o‘zaro savdo hajmini oshirish yo‘llari va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar, farmatsevtika, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini Suriyaga eksport qilish masalasi, mahsulotlarning narxi va transport-logistika yo‘llari ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishdagi muzokaralarni davom ettirishga muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida ikki davlat turizm vazirlarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirish yoki ilk bosqichda onlayn uchrashuvlarini o‘tkazish masalasini o‘rganib chiqish muhimligi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi