Rossiyada o‘zbekistonlik ofitserlarga oltin medallar va imtiyozli diplomlar topshirildi

Iyun 29, 2026. 14:30 • 2 daq

18
Rossiyada o‘zbekistonlik ofitserlarga oltin medallar va imtiyozli diplomlar topshirildi
Rossiyada o‘zbekistonlik ofitserlarga oltin medallar va imtiyozli diplomlar topshirildi

MOSKVA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Moskvaning Qizil maydonida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita yetakchi oliy taʼlim muassasasi — Davlat yong‘inga qarshi xizmat akademiyasi hamda Fuqaro muhofazasi akademiyasi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirda mingga yaqin kursant, kadet va tinglovchilar ishtirok etdi. Joriy yilda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga kiritgan 950 nafar mutaxassis orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Vyetnam kabi do‘stona davlatlarning yong‘in-qutqaruv xizmatlari vakillari ham bor.

Quvonarlisi, Rossiya FVV Fuqaro muhofazasi akademiyasi magistraturasining aʼlochi bitiruvchilari qatorida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikki nafar ofitseri — mayor Sardor Rahimboyev va kapitan Akmal Yarbekov alohida eʼtirof etildi. Yurtdoshlarimiz o‘qishni imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlab, taʼlimdagi alohida yutuqlari uchun oliy mukofot — oltin medal bilan taqdirlandilar.

Marosimda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov yosh mutaxassislarni shaxsan tabriklab, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va faxriylariga qutqaruv xizmatining shonli anʼanalarini davom ettiruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish