Logo

Misrlik mutaxassislar bilan qimmatli metallarni izlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Dekabr 22, 2025. 09:52 • 47 soniya

232
Misrlik mutaxassislar bilan qimmatli metallarni izlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

QOHIRA, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Misrning “Endeavour Mining” kompaniyasi va xalqaro konsalting tashkiloti vakillari o‘rtasida qimmatli metallarni izlash sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda qo‘shma geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning amaliy va investitsiyaga yo‘naltirilgan jihatlari muhokama etildi. Tomonlar uzoq muddatli hamkorlik va yangi foydali qazilma konlarini aniqlash uchun mustahkam asos sifatida o‘zaro manfaatli loyihalarga ustuvor ahamiyat berish bo‘yicha yakdil fikr bildirdi. Taʼkidlanishicha, bunday yondashuv ishonchlilik va barqaror surʼatni taʼminlash, hamkorlikni kengroq tijorat tashabbuslariga olib chiqishga xizmat qiladi.

Uchrashuvning muhim natijalaridan biri sifatida hamkor kompaniyalar, vazirlik va tegishli muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar vakillari, tajribali geologiya-qidiruv mutaxassislarini qamrab olgan kichik, texnik yo‘naltirilgan ishchi guruhni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu guruh dastlab texnik baholash va ustuvor yer maydonlarini aniqlashga eʼtibor qaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish