Logo

BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi

Dekabr 20, 2025. 14:40 • 32 soniya

167
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi

ABU-DABI, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Tashkulov BAA adliya vaziri Abdulla an-Nuaymi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida huquqiy va sud-huquq sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari, BAA Adliya vazirligining “Byurokratiyani bartaraf etish” dasturini amalga oshirish bo‘yicha tajribasi hamda notarius xizmatlari va “aqlli odil sudlov” tizimida qo‘llaniladigan eng samarali amaliyotlar bo‘yicha fikr almashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi, Abu-Dabi birinchi instansiya federal sudiga tashrif buyurib, federal sudlarning sud jarayonlari va xizmatlariga “Byurokratiyani bartaraf etish” dasturlari joriy etilgandan so‘ng sud tartib-taomillarining amaliyotda qo‘llanilish jarayonlari bilan tanishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish