Saudiya Arabistonida rekordchi attraksionlarga ega ulkan bog‘ ochildi
Fevral 06, 2026. 18:55 • 49 soniya
• 19
AR-RIYOZ, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonida cho‘lning katta qismini keng ko‘lamli sayyohlik maydoniga aylantirgan ulkan “Six Flags Qiddiya City” parki ochildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Naked-science” saytida yozilishicha, ushbu “Six Flags Qiddiya City” ulkan Qiddiya loyihasining bir qismi bo‘lib, uning maqsadi Arabiston cho‘lining katta hududini dunyodagi eng yirik ko‘ngilochar va turizm markazlaridan biriga aylantirishdir.
Majmua mamlakat poytaxti Ar-Riyoz yaqinida joylashgan bo‘lib, kelajakda u yerda kibersport arenasi, stadion va akvapark ham bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani qurish taxminan to‘rt yil davom etgan, majmua maydoni esa qariyb 32 gektarni tashkil qiladi. Bu hududda restoranlar, savdo zonalari va, albatta, attraksionlar joylashgan.
Bog‘da jami 28 ta attraksion mavjud bo‘lib, ulardan uchtasi allaqachon rekordchi sifatida tarixga kirgan. Ulardan eng mashhuri “Falcon‘s Flight” – dunyodagi eng baland, tez va uzun bo‘lgan Amerika tepaliklari hisoblanadi. Ular soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanadi. Shuningdek, “Iron Rattler” va “Spitfire” attraksionlari ham kishini hayratda qoldiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
