Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Qatar elchisi afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar

Fevral 06, 2026. 20:15 • 36 soniya

42
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Qatar elchisi afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar

TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek Afg‘oniston bo‘yicha savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qatar tomoni 2025-yil har yili dekabr oyida o‘tkaziladigan Doha forumi doirasida O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha alohida sessiyani tashkil etishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklari bildirildi.

“Dunyo” AA muxbiri

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish