Taro Xonda: O‘zbekiston yapon investorlari uchun jozibador mamlakatga aylandi
Mart 16, 2026. 12:46 • 2 daq
• 27
TOKIO, 16-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muxsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiya parlamenti deputati, mamlakatimiz bilan do‘stlik ligasi a’zosi Taro Xonda bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taro Xonda mamlakatimizning ko‘p yillik do‘sti sifatida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borayotgani, davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida yurtimiz global tashqi siyosatda yangi qiyofa kasb etgani, shuningdek, yapon investorlari uchun jozibador mamlakatga aylanganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 19-20-dekabr kunlari Yaponiyaga tarixiy tashrifi va uning doirasida o‘tkazilgan muzokaralar hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining ilk sammitidagi ishtiroki ikki va ko‘ptomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi a’zosi sifatida Taro Xonda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi