Logo

Toshkent va Stokgolm hamkorlikni mustahkamlamoqda

Mart 23, 2026. 16:30 • 2 daq

35
Toshkent va Stokgolm hamkorlikni mustahkamlamoqda

STOKGOLM, 23 mart. /Dunyo AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Stokgolm shahri vitse-meri Anders Osterberg bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda DunyoAA muxbiri.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotda ikki mamlakat hududlari, jumladan Toshkent va Stokgolm o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish va mavjud hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda iqtisodiyot, savdo, innovatsiyalar, madaniyat va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash hamda yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Stokgolmda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbek diasporasining shved jamiyatidagi o‘rni va roli, ular bilan hamkorlikda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan alohida o‘rin oldi.

Vitse-mer Anders Osterberg o‘zbekistonliklarning shahar iqtisodiyoti va turli tarmoqlardagi faoliyatini muvaffaqiyatli va sadoqatli amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlarda hamjihatlikda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish