Logo

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi qirg‘iz OAV nigohida

63
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi qirg‘iz OAV nigohida

BISHKEK, 23-mart. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “24.kg” axborot agentligi Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu markaz tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy totuvlik, ayniqsa, hozirgi beqaror xalqaro vaziyat sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.

Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimizda eng yirik maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy loyihalardan biri sifatida qaraladi. Unda O‘zbekistonning ko‘p ming yillik tarixi, boy madaniy merosi va xalqning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi aks ettirilgan.

Shuningdek, muallif majmua Hazrati Imom ansambli yonida joylashgani va unda turli tarixiy davrlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar, xususan, Qurʼonning eng qadimgi qo‘lyozmalaridan biri - Usmon Musʼhafi saqlanishiga alohida eʼtibor qaratadi.

“Mazkur loyihaning amalga oshirilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangani hamda milliy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish, shuningdek, xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan”, - deya yakunlaydi “24.kg”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish