O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida biznes hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Avgust 12, 2026. 16:00 • 2 daq

71
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida biznes hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

KOPENGAGEN, 12 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Stokgolm shahridagi elchixonasi tashabbusi bilan Daniya TIV Yevropa qo‘shnichiligi departamenti direktori Peter Lassen va Daniya Sanoat konfederatsiyasi direktori o‘rinbosari Yens Xolst-Nilsen ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish hamda xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muloqot davomida Daniyaning yuqori texnologiyali va innovatsion kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb etish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, tog‘-kon sanoati, energiya tejamkorligi, kimyo sanoati, baliqchilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Onlayn uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni kuchaytirish maqsadida biznes delegatsiyalar almashinuvini tashkil etishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish