Logo

O‘zbekiston va Lyuksemburg parlamentlararo muloqotning yangi istiqbollarini belgilab olmoqda

Mart 30, 2026. 08:10 • 2 daq

6
O‘zbekiston va Lyuksemburg parlamentlararo muloqotning yangi istiqbollarini belgilab olmoqda

LYUKSEMBURG, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg Deputatlar palatasining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iv Kryuxten bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida Lyuksemburg delegatsiyasining Toshkentda o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi ishtiroki ikki tomonlama muloqotni faollashtirishda muhim poydevor bo‘lgani alohida qayd etildi. Ushbu jarayonning mantiqiy davomi sifatida 2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston Oliy Majlisida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev rahbarligida “O‘zbekiston–Lyuksemburg” do‘stlik guruhi tashkil etilgani yuqori baholandi.

Mazkur hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish maqsadida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Lyuksemburg Deputatlar palatasi o‘rtasida navbatdagi muzokalarni o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvning amaliy natijasi sifatida Lyuksemburg Deputatlar palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini ishlab chiqishni tomonlar rejalashtirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish