2027-yilda O‘zbekiston–Serbiya ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi

Oktabr 09, 2026. 15:00 • 2 daq

• 28
2027-yilda O‘zbekiston–Serbiya ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi
2027-yilda O‘zbekiston–Serbiya ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi
2027-yilda O‘zbekiston–Serbiya ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi
2027-yilda O‘zbekiston–Serbiya ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi

BЕLGRAD, 9-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva boshchiligidagi delegatsiya Serbiyaga tashrif buyurib, “RISE 2026” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Belgrade Women's Conference RISE 2026” forumi 17 mamlakatdan yuqori darajadagi delegatsiyalar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va ishbilarmon doiralar vakillarini birlashtirdi.

Tadbirda Umida Abdullayeva xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va davlat miqyosida qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish borasidagi O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi.

Tashrif doirasida Xalq skupshinasi raisi Ana Brnabich hamda gender tengligi masalalariga mas’ul Tatyana Matsura bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shma tashabbuslar istiqbollari, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Tatyana Matsura bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Serbiyaning sohaviy tuzilmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hujjatni bo‘lajak oliy darajadagi tashrif doirasida imzolash rejalashtirilmoqda.

Serbiya tomoni 2027-yilning birinchi yarmida Belgradda Serbiya–O‘zbekiston ayollar biznes-forumini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi. Shuningdek, Belgraddagi “EXPO 2027” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida qo‘shma tadbir o‘tkazish taklif etildi. Tatyana Matsura esa 2027-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro xotin-qizlar forumida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida Ana Brnabich O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, 2027-yilda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelish istagini bildirdi. U Belgraddagi sammit davomida imzolangan 21 ta hujjatni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish