O‘zbekiston va Vengriya eshkak eshish sportida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi
Aprel 18, 2026. 19:00 • 59 soniya
• 1
BUDAPESHT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya eshkak eshish federatsiyasi vitse-prezidenti Eva Santo va bosh kotibi Borbala Pignitski bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida Vengriya tomoni O‘zbekiston Rowing&Canoe milliy federatsiyasi bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirib, o‘zbekistonlik sportchilar natijalarining ijobiy dinamikasini va qo‘shma tashabbuslarni boshlash istiqbollarini qayd etdi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida yoshlar dasturlarini rivojlantirish, o‘zbekistonlik sportchilarning Vengriyadagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek, tayyorgarlik darajasini oshirish va musobaqa tajribasini almashishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Sport fani, fiziologiyasi va sport tibbiyoti sohasida ilmiy-tadqiqot hamkorligi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sportchilarni tayyorlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun Vengriyaning ilmiy-mashg‘ulot bazasidan foydalanish mumkinligi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi