Moskvada “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Aprel 18, 2026. 13:06 • 2 daq
• 405
TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 17-aprel kuni “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya delegatsiyalari bilan birgalikda olti tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni, muhokama qildik, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ekologik muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
“Yashil” energetika, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarga urg‘u berdik.
Xalqaro vaziyatning beqarorligi ortib borayotgan sharoitda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning ahamiyati hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini alohida ta’kidladik”.
“Dunyo” AA olgan rasm
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi