Logo

O‘zbek-nemis iqtisodiy hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Dekabr 02, 2025. 17:46 • 2 daq

405
O‘zbek-nemis iqtisodiy hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

TOSHKENT, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixayel Xarms boshchiligida nemis tadbirkorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

AKT sohasida faoliyat yuritayotgan nemis tadbirkorlari tashrif doirasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Raqamli texnologiyalar vazirliklari, “IT Park Uzbekistan”, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va qator kompaniyalarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mixayel Xarms Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev bilan uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish hamda sanoat, investitsiya va savdo sohalarida hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, GFR Ishlab chiqarish resurslari, xaridlar va logistika bo‘yicha federal ittifoqi (BME), dasturiy taʼminot va raqamli yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi kompaniya “EPAM Systems”, nemis tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlash markazi “Telc” kabi nufuzli tashkilotlar vakillari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Muloqot jarayonida Germaniyaning yangi kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nemis investorlarining ishtirokini kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Germaniya biznes doira vakillari sanoatni modernizatsiya qilish, yashil energetika, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalariga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuvda mazkur tashrif O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida 2024 yil Samarqand shahrida imzolangan 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi dasturi doirasida tashkil etilgani qayd etildi.

Yakunda tomonlar o‘zbek-nemis iqtisodiy hamkorligini yanada mustahkamlash lozimligini alohida taʼkidladi. Bu kabi amaliy uchrashuvlarni muntazam davom ettirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi biznes loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish