O‘zbekiston Daniyadagi nufuzli xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
XERNING, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. Daniyaning Herning shahrida Shimoliy Yevropadagi eng yirik “Danish Travel Show” sayyohlik ko‘rgazmasi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turizm qo‘mitasi va milliy sayyohlik agentliklari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi tadbirda “Uzbekistan” sayyohlik brendi va milliy stendi bilan ishtirok etmoqda.
Bu yilgi ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston “Danish Travel Show” ning yangi sherik-davlati sifatida tanlab olinib, mamlakatimizning Stokgolm shahridagi elchixonasi delegatsiyasi tadbirning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Joriy yilda ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekistonni yangi hamkor sifatida tanladi va O‘zbekistonning Stokgolmdagi elchixonasi delegatsiyasi ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Milliy stendda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, qadimiy shaharlari, ziyorat va ekoturizm yo‘nalishlari, zamonaviy turizm infratuzilmasi namoyish qilinmoqda. Shuningdek, turoperatorlar va turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazma mehmonlari Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar, Buyuk Ipak yo‘li merosi, milliy taomlar va anʼanalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, tadbir doirasida turoperatorlar va turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




