O‘zbekistonlik tennischilar xalqaro musobaqalarda mahoratini oshirdi
May 03, 2026. 15:00 • 2 daq
• 28LONDON, 3-may /“Dunyo” AA/. London shahrida bo‘lib o‘tgan stol tennisi bo‘yicha “ITTF AGM” va “World Team Table Tennis Championship (WTTC)” musobaqalarida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bosh kotibi Gavharxon Muqaddasova boshchiligidagi milliy terma jamoamiz ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xalqaro musobaqalar doirasida sport sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Bu O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
WTTC doirasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz kuchli raqiblar bilan bellashib, o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etdi.
Tennischilarimizning mazkur nufuzli musobaqalardagi ishtiroki ularning tajriba orttirishi va kelgusida yana-da yuqori natijalarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
Shu bilan birga, qizg‘in va murosasiz bellashuvlar orqali milliy terma jamoamiz aʼzolari zamonaviy tayyorgarlik uslublari, yangi taktik yondashuvlar va xalqaro standartlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda stol tennisini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ushbu xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining ishtiroki sport sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish, yurtimiz nufuzini oshirish hamda yosh avlodni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

