O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi
May 03, 2026. 14:15 • 2 daq
• 113
TOSHKENT, 3-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ar-Riyozda Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Fahad bin Abdulajalil Al-Saif bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Fahad bin Abdulajalil Al-Saif bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekiston–Saudiya hamkorligi o‘zaro ishonch va hurmat asosida izchil rivojlanayotgani taʼkidlanib, investitsiyaviy sheriklik ko‘lami va sifati ortib borayotgani qayd etildi.
Shuningdek, munosabatlarimizni yana-da kengaytirish va mavjud mexanizmlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Saudiyalik hamkorlarni shu yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etdik.
Bugungi uchrashuv ko‘p qirrali sherikligimizni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi